

O'zbekiston Respublikasi Vaziri Fuqaro muhofazasi boshlig'ining 2026-yil 8-sentabrdagi 2-son buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida 220/110/35/6 kV kuchlanishli "Buxoro" podstansiyasida muhim amaliy tadbir tashkil etildi.
Mazkur qo'mondonlik shtab o'quv mashqi zilzila oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan avariya, yong'in va jabrlanganlarni qutqarish jarayonlariga bag'ishlandi.
▶️ Mashq davomida amalga oshirilgan asosiy chora-tadbirlar:
▪️ Tezkor safarbarlik: xodimlar soha mutaxassislari favqulodda vaziyat sharoitida qisqa fursatda harakatga keltirildi;
▪️ Idoralararo hamkorlik: yong'in xavfsizligi va qutqaruv bo'linmalari bilan birgalikda muvofiqlashtirilgan amaliy harakatlar bajarildi;
▪️ Infratuzulmani tiklash: elektr ta'minotini izga tushirish va zararlangan tarmoqni tezkor tiklash bo'yicha maxsus ish rejalari ko'rib chiqildi.
▶️ Tadbirning asosiy maqsadi:
▪️ Favqulodda vaziyatlarda energetika tizimining barqaror hamda xavfsiz ishlashini ta'minlash, xodimlarning kasbiy tayyorgarligini oshirish va idoralararo hamkorlik mexanizmlarini yana mustahkamlashdir.
«BUXORO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI