

Toshkent viloyatida L-Rayhon elektr uzatish liniyasini “Eshonguzar” podstansiyasiga kiritish maqsadida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari doirasida navbatdagi montaj bosqichi bajarildi.
Obyektning 2- va 3-piketlaridagi tayanch ustunlar oralig‘iga sim tortildi.
Mazkur ishlar 35 kV elektr uzatish liniyasi trassasini 110 kV gabaritlariga moslab rekonstruksiya qilish loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu qurilish-montaj ishlari iste’molchilarning elektr ta’minotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.