
EʼLON
Bugun soat 07:42 da Samarqand viloyatida joylashgan “Navoiy” podstansiyasidagi 10 kV kuchlanishli qurilma himoya tizimi ishlashi tufayli favqulodda o‘chdi.
Natijada ushbu energetika obyekti orqali taʼminlangan Payariq tumanining ayrim mahallalari isteʼmolchilari elektr taʼminotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda.
Hozirda mutaxassislar nosozlikni bartaraf etib, isteʼmolchilar elektr taʼminotini tiklash choralarini ko‘rishmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.
“Navoiy” podstansiyasidan chiquvchi 10 kV kuchlanishli Xo‘ja Ismoil fiderida qisqa tutashuv sodir bo‘lib, taqsimlovchi qurilma himoya tizimi orqali o‘chgan.
Ayni paytda navbatchi brigada aʼzolari tomonidan aniqlangan nosozlik oqibatini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz. Qisqa muddatda isteʼmolchilar elektr taʼminoti tiklanadi.
Soat 08:40 da “Navoiy” podstansiyasidagi 10 kV kuchlanishli o‘chirgich ulanib, taqsimlovchi qurilmaga kuchlanish berildi va barcha chiquvchi fiderlar elektr taʼminoti tiklandi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.
O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati