2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
MAGISTRALTARMOQQURILISH: “Mergancha” podstansiyasida qurilish va elektr jihozlarini montaj qilish ishlari davom etmoqda
  • 21.10.2026
  • 32

Samarqand viloyati Urgut tumanida barpo etilayotgan “Mergancha” podstansiyasida “Magistraltarmoqqurilish” filiali Toshkent va Farg‘ona uchastkalari jamoalari bir nechta yo‘nalishda ish olib bormoqda.

▪️ Nasosxona binosida g‘isht terish ishlari davom ettirilmoqda.

▪️ Umumpodstansiya boshqaruv punkti — OPU binosida elektr apparatlarini montaj qilish ishlari bajarilmoqda.

▪️ Ajratgichlar uchun shvellerlar kesilib, montajga tayyorlanmoqda.

Qurilish maydonidagi har bir yo‘nalish o‘ziga xos mahorat va aniqlikni talab etadi. G‘isht terishdan elektr apparatlarini o‘rnatishgacha bo‘lgan jarayonlarda jamoalarimizning kundalik mehnati mujassam.

 

“Magistraltarmoqqurilish” filiali — rasmiy kanal