

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-sentabrdagi 523-son qarori hamda Jamiyatning 2026-yil 6-oktabrdagi BM-367-sonli ko‘rsatmasi ijrosini ta’minlash maqsadida targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.
Tadbirlar davomida energetika obyektlari yaqinida yashovchi fuqarolarga elektr xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarining muhofaza zonalarida ehtiyotkor bo‘lish va baxtsiz hodisalarning oldini olish yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda.