
⚠️ DIQQAT E’LON!!!
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 110 kV kuchlanishli «Sokin-2» va «Botanika-1» elektr uzatish tarmoqlarida kuchlanish yo‘qolgan.
Natijada Qibray tumani, Toshkent tumani hamda Yunusobod tumanining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.
Ayni vaqtda mutaxassislar tomonidan iste’molchilarni boshqa elektr manbalariga o‘tkazish hamda elektr ta’minotini qisqa muddatlarda tiklash choralari ko‘rilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
—
⚡️ MA’LUMOT!
Avval xabar berganimizdek, “Sokin” podstansiyasida 110 kV kuchlanishli «L-Sokin-1» elektr uzatish liniyasidagi iste’molchilar elektr ta’minoti boshqa manbadan ta’minlandi.
—
⚡️ MA’LUMOT!
«Yunusobod», «Astronomiya» va «Limonchi» podstansiyalaridagi qurilmalar orqali ta’minlangan iste’molchilar elektr ta’minoti to‘liq tiklandi.
—
⚡️ MA’LUMOT!
Avval xabar berganimizdek, 110 kV kuchlanishli «L-Botanika-1» elektr uzatish liniyasidagi iste’molchilar elektr ta’minoti boshqa manbadan ta’minlandi.
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
♦AXBOROT XIZMATI