2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ANDIJON VILOYATI: "Elektr xavfsizligi oyligi" hamda kuz-qish mavsumidagi muhim vazifalar yuzasidan o'quv mashg'uloti o'tkazildi
  • 16.10.2026
  • 9

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda elektr xavfsizligi ko‘rik oyligi doirasida «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi 110 kV kuchlanishli “Turon” podstansiyasida amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.

Mashg‘ulot davomida xodimlarning favqulodda vaziyatlarda harakatlanish ko‘nikmalari mustahkamlanib, yong‘in xavfsizligi qoidalari va o‘t o‘chirish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha amaliy mashqlar bajarildi.

Shuningdek, favqulodda holatlarda tezkor va hamjihatlikda harakat qilish, xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush hodisalarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

“Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali