2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Ayni paytda O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda
  • 14.10.2026
  • 15

Ayni daqiqalarda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining kichik majlislar zalida navbatdagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tmoqda.

Bu safargi tadbir mehmolari: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri, tarjimon va publitsist Rustam Musurmon ishtirok etmoqda. Ijodiy uchrasuvni maslahatchi Orif To‘xtashev olib bormoqda.

Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Abdumalik Abdusalimovich Nazirov tashkilotimizga tashrif buyurgam ijodkorlarga minnatdorlik bildirib, energetika sohasida mehnat faoliyati yuritayotgam mutaxassislar ichida ko‘plab ijodkorlar, badiiy adabiyot ixlosmandlari borligini alohida eʼtirof etdi.

Ayni paytda ijodkorlar ishtirokida ochiq va samimiy muloqot davom etmoqda.



 

Facebook ♦ Instagram ♦ Youtube

 

https://t.me/yozuvchilar_uz/57073

https://t.me/yozuvchilar_uz/57083

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati