

Taqsimlovchi tarmoqlarga elektr energiyasi barqaror yetkazib berish maqsadida "Andijon magistral elektr tarmoqlari" filiali tasarruffidagi podstansiyalardagi zaxiraga chiqarilgan transformatorlar ortiqcha yuklama bilan ishlayotgan podstansiyalardagi transformatorlar o‘rniga almashtirildi.
«Chinobod» podstansiyasiga yangi transformator o‘rnatilishi natijasida zaxiraga chiqarilgan 16 MVA kuch transformatori «Tashkelik» podstansiyasiga, «Tashkelik» podstansiyasidagi zaxiraga chiqarilgan 10 MVA kuch transformatori «Madiyorov» podstansiyasiga, «Madiyorov» podstansiyasidagi zaxiraga chiqarilgan 6,3 MVA quvvatli kuch transformatori «Xidirsha» podstansiyasiga o‘rnatilib, ishga tushirildi.
Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali