2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
DIQQAT, E’LON: Hurmatli Sergeli tumani aholisi!
  • 08.09.2026
  • 82

110/6 kV kuchlanishli “O‘zgarish” podstansiyasida modernizatsiya ishlari olib borilmoqda

Avval xabar berilganidek, Toshkent shahri, Sergeli tumanida joylashgan 110/6 kV kuchlanishli “O‘zgarish” podstansiyasida olib borilayotgan modernizatsiya ishlari belgilangan reja asosida davom ettirilmoqda. Energetika obyektidagi mavjud T-1 va T-2 transformatorlarini yangi, zamonaviy transformatorlarga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Demontaj-montaj ishlari jarayonida iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashda uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida yuklamalarni bir tomonga o‘tkazish choralari ko‘rilgan.

Shu bilan birga, elektr ta’minotini imkon qadar uzluksiz saqlash choralari ko‘rilmoqda. Biroq yuklama texnik jihatdan ruxsat etilgan chegaradan oshib ketgan taqdirda, tarmoqning barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlash maqsadida qisqa muddatli cheklovlar joriy etilishi mumkin.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.


 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati