

EʼLON
Bugun soat 19:24 da Toshkent shahridagi 35 kV kuchlanishli L-P-Yu-1 elektr uzatish tarmog‘i himoya tizimi ishlashi oqibatida favqulodda o‘chdi.
Natijada Chilonzor tumanining ayrim hududlari isteʼmolchilari elektr taʼminotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda.
Ayni paytda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni aniqlash va bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Isteʼmolchilarga zaxira manbalar orqali kuchlanish berish choralari ko‘rilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.
Soat 20:00 da Chilonzor tumanining ayrim hududlaridagi isteʼmolchilar elektr taʼminoti zaxira manbasi orqali qayta to‘liq tiklandi.
Ayni paytda 35 kV kuchlanishli L-P-Yu-1 elektr uzatish tarmog‘idagi nosozlikni bartaraf etish ishlari davom etmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
⚡️ISHLAR DAVOM ETMOQDA
Avval xabar berganimizdek, Chilonzor tumanining ayrim hududlarida elektr ta’minotida yuzaga kelgan uzilish sababli 35 kV kuchlanishli L-P-Yu-1 elektr uzatish tarmog‘idagi nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Ayni paytda soha mutaxassislari tomonidan nosozlikni bartaraf etish va elektr ta’minotini barqarorlashtirish bo‘yicha zarur ishlar amalga oshirilmoqda.
⚡️ Elektr ta’minotini to‘liq tiklash bo‘yicha ishlar davom etmoqda.
https://t.me/Tashkent_Land/78534
https://t.me/Tashkent_Land/78535
https://t.me/Tashkent_Land/78541
https://qalampir.uz/
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
►AXBOROT XIZMATI