2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI: Qisqa muddatli uzilishlardan so‘ng isteʼmolchilar elektr taʼminotida tiklandi
  • 27.08.2026
  • 15

Birlamchi maʼlumotga ko‘ra, bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi avariyaga qarshi avtomatika himoya tizimi ishlashi natijasida qisqa muddatli o‘chishlar kuzatildi.

Natijada Orayliq, Nukus va Xo‘jayli tumanlarining ayrim hudud isteʼmolchilari elektr taʼminotida vaqtincha uzilishlar kuzatilmoqda.

Ayni paytda mutaxassislar tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni aniqlash va bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Isteʼmolchilarga zaxira manbalar orqali kuchlanish berish choralari ko‘rilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

Ayni paytda Nukus va Xo‘jayli tumanlarining ayrim hududlari isteʼmolchilarini elektr taʼminoti bilan taʼminlovchi energetika obyektlariga kuchlanish berilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti navbatma-navbat tiklanmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

Soat 11:26 da “Xorazm” podstansiyasiga kiruvchi va undan chiquvchi (himoya tizimi ishlashi oqibatida o‘chgan) elektr uzatish tarmoqlariga kuchlanish berilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti tiklandi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

https://t.me/kkaetk/56950

https://t.me/kkaetk/56951

 

 

 

«QORAQALPOG‘ISTON MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI