2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Kasaba uyushmasi
KASABA UYUSHMASI: Energetika xodimlari farzandlariga quvonch ulashadigan ezgu tashabbus
  • 21.08.2026
  • 38

Yangi o‘quv yili arafasida “Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan ko’p farzandli xodimlar farzandlariga quvonch ulashadigan ezgu tashabbus amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan filial kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan ishchi-xodimlarning farzandlariga 50 dona maktab sumkasi va o‘quv qurollari topshirildi.

Ushbu ezgu an’ana yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash, ularga yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda boshlashlari uchun motivatsiya berishga xizmat qilmoqda. Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik farzandlar quvonchi, ota-onalar minnatdorligida o‘z ifodasini topmoqda.

 

«NAVOIY MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI kanaliga a’zo bo’ling!