

Avval xabar berganimizdek, bugun, 2026-yil 18-avgust kuni soat 10:35 da Toshkent viloyatida joylashgan 35/6 kV kuchlanishli "Vosiq" podstansiyasida avariyaviy o‘chish sodir bo‘lgan edi. Ro‘y bergan nosozlik natijasida Toshkent viloyati Qibray tumanining ayrim hududlari elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi.
https://t.me/ToshkentMET_Axborot/6523
Tezkor ta’mirlash brigadalari tomonidan nosozlik sababini aniqlash va uni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 35/6 kV kuchlanishli "Vosiq" podstansiyasining tashqi tomonida qurilish-montaj tashkiloti ekskavatori yer qazish ishlarini olib borayotganda 6 kV kuchlanishli kabel tarmog‘iga shikast yetkazgan. Ayni paytda nosozlikni bartaraf etish va elektr ta’minoti uzilgan mahallalarda joylashgan elektr qurilmalariga kuchlanish berish choralari ko‘rilmoqda.
Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so’raymiz.
#Qoidaga_muvofiq
Yerga yotqizilgan kabel liniyalarining muhofaza zonalari
Axborot belgilari kamida har 500 metrda, shuningdek, kabel liniyalarining yo‘nalishini o‘zgartirish joylarida o‘rnatilishi lozim. Shuningdek, Axborot belgilarida kabel liniyalarining xavfsizlik zonalari kengligi va kabel liniyalari egalarining telefon raqamlari ko‘rsatilishi kerak.
Muhofaza zonalarining kengligi:
▪️ Past kuchlanishli kabel liniyalari (1 kV gacha) – kabel o‘qidan har ikki tomonga kamida 0,5 metr.
▪️ O‘rta kuchlanishli kabel liniyalari (1 kV dan 35 kV gacha) – kabel o‘qidan har ikki tomonga 1 metr.
▪️ Yuqori kuchlanishli kabel liniyalari (35 kV dan 110 kV gacha) – kabel o‘qidan har ikki tomonga 1,5 metr.
▪️ Juda yuqori kuchlanishli kabel liniyalari (110 kV dan yuqori) – kabel o‘qidan har ikki tomonga 2 metr.
Muhofaza zonalarida kabel liniyalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish yoki qurilish ishlarini faqat elektr tarmoqlari tashkiloti bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi mumkin.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati