

Bugungi kunda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining magistral elektr tarmoqlari filiallari tasarrufida jami 1 679 ta podstansiya mavjud.
Shundan:
▪️500 kV kuchlanishli podstansiyalar soni — 11 ta;
▪️220 kV kuchlanishli podstatsiyalar soni — 80 ta:
▪️110 kV kuchlanishli podstatsiyalar soni — 667 ta:
▪️35 kV kuchlanishli podstansiyalar soni — 921 ta.
Mazkur energetika obyektlari generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr quvvatini taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish hamda elektr energiyasi davlatlararo tranzit amaliyotini bajarishda muhim ahamiyatga ega.
Aksiyadorlik jamiyati tasarrufida 2020-yilda jami 77 ta podstansiya; 2021-yilda 85 ta podstansiya (Vazirlar Mahkamasining 455-son farmoyishiga asosan 6 ta podstansiya qabul qilingan); 2025-yilda jami 91 ta podstansiya; 2026-yilda esa 1679 ta podstansiya (Vazirlar Mahkamasining 844-son qaroriga asosan “HET” AJdan 1584 ta podstansiya qabul qilingan) mavjud.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati