2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Xo‘jalik xizmati xodimlari uchun hamkorlikdagi yong‘inga qarshi amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi
  • 12.08.2026
  • 19

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripovning 2026-yil 4-iyuldagi  “Respublikada yoz mavsumida yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan “Dolzarb 60 kun” tadbirini o‘tkazish va yong‘in xavfsizligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risi”dagi 125-son bayoni ijrosi yuzasidan “O‘zbekiston MET” AJning ma’muriy binosida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.  

Unda Toshkent shahar, Yunusobod tumani FVB Yong‘in xavfsizligidan profilaktika inspektori xodimi leytenant Norqobilov Hamidullo Alisher o‘g‘li ishtirok etib, Aksiyadorlik hjamiyati Markaziy apparati xodimlari uchun Yong‘in xavfsizigini ta’minlashga qaratilgan mahorat darsi o‘tkazdi.

Shuningdek, mas’ul xodimlarga birlamchi o‘t o‘chirish vositalaridan, o‘t o‘chirish qalqonlaridan hamda gidrantlarida to‘g‘ri foydalanish to‘g‘risida amaliy hamda nazariy tushunchalar berdi.

Bundan tashqari, agar ofis xonalarida olov alomatlari — tutun va chaqnash bo‘lsa, polga yotib, nafas olish osonroq bo‘lgan joydan harakatlanish, olov va tutun ko‘p bo‘lgan joydan harakatlanishdan saqlanish kabi tartib-qoidalar ko‘rsatib berildi.

Shu bilan birga, binoga xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik xizmati xodimlari va qorovullar uchun temir zinasi yo‘q ko‘p qavatli binolarda tashqaridagi kishilarni yordamga chaqirishi lozimligi tushuntirildi. Ayrim hollarda binoning tomiga chiqish (alanga u yerga yetib borish xavfi bo‘lmasa) va quruvchilar temir zinasi (zaxira zina) orqali pastga tushish lozimligi haqida axborot berildi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati