2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: “Janubiy” podstansiyasida qo‘shimcha quvvat yaratildi
  • 10.08.2026
  • 8

2026/2027-yil kuz-qish mavsumida iste’molchilarni barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan 110/35/6 kV kuchlanishli “Janubiy” podstansiyasida muhim yangilanishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur ishlar doirasida podstansiyadagi quvvati 16 000 kVA bo‘lgan transformator demontaj qilinib, uning o‘rniga yangi 25 000 kVA quvvatli transformatoriga almashtirildi.

Natijada podstansiyaning elektr energiyasini uzatish imkoniyatlari sezilarli darajada oshirilib, qo‘shimcha 9 000 kVA yangi quvvat yaratildi. Bu esa elektr tarmoqlarining ishonchliligini yanada mustahkamlash, yuklamalarni muvozanatlashtirish hamda iste’molchilarga sifatli elektr energiyasi yetkazib berishga xizmat qiladi.

Mazkur yangilanishlar natijasida Namangan shahri, Namangan tumani hamda Uychi tumanining ayrim hududlarida istiqomat qiluvchi aholi va tadbirkorlik subyektlarining elektr ta’minoti sifati yanada yaxshilanadi. 

 

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali telegram kanaliga obuna bo‘ling!