2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yoshlar siyosati (Sport targ’iboti)
Namanganlik yosh muhandislar o‘z kutubxonasini yangi adabiyotlar bilan to‘ldirdilar
  • 06.08.2026
  • 38

JARAON

Namanganlik yosh muhandislar o‘z kutubxonasini yangi adabiyotlar bilan to‘ldirdilar

Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda xizmat safarida bo‘lgan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi Abdumalik Abdusalimovich Nazirov yosh xodimlar bilan navbatdagi ochiq muloqot uchrashuvini o‘tkazdi. Tadbirda Aksiyadorlik jamiyatining barcha filial va tuzilmalari yoshlari videokonferensiya aloqasi orqali ishtirok etishdi.

Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi tadbirdan so‘ng namanganlik yosh muhandislar ishtirokida Namangan shahridagi kitob do‘konlariga tashrif buyurib, yoshlar bilan muloqot paytida tavsiya etilga texnik-muhandislik hamda badiiy adabiyotlarni xarid qilib, Filialda tashkil etilgan kutubxona fondi boyitishdi, yoshlar esa o‘z shaxsiy kutubxonasini yangi adabiyotlar bilan to‘ldirishdi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati