2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yoshlar siyosati (Sport targ’iboti)
Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqotini o‘tkazdi
  • 06.08.2026
  • 74

JARAON

Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqotini o‘tkazdi

Avval xabar berganimizdek, bugun, 2026-yil 6-avgust kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi Abdumalik Abdusalimovich Nazirov yosh xodimlar bilan navbatdagi ochiq muloqot uchrashuvini o‘tkazdi.

Navbatdagi ochiq muloqotda Aksiyadorlik jamiyatining barcha filial va tuzilmalari yoshlari videokonferensiya aloqasi orqali ishtirok etishdi.

Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi barcha yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik bayramining 35 yilligi bilan tabriklab, Vatanimizda yoshlarga berilgan keng imkoniyatlardan foydalangan holda Davlat va Jamiyat hayoti uchun kerak bo‘lgan Shaxs sifatida shakllanish zarurligini aytib o‘tdi.

Muloqotda texnik adabiyotlar, kasb malakasi, sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar haqida qizg‘in bahs-munozaralar bo‘ldi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati