

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Yangiyo‘l tumani tajribasi asosida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Abdumalik Nazirov hamda Davlatobod tumani hokimi Anvarjon Tojimirziyev Ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Jumladan, Davlatobod tumaninig 28 ta mahallalari energiya isteʼmoli balansini shakllantirish, elektr va gaz tarmoqlarining texnik holatini o‘rganish, mavjud talabdan kelib chiqqan holda transformator hamda gaz taqsimlash qurilmalarini yangilash, zarur hududlarda yangi tarmoqlar tortish bo‘yicha xatlov o‘tkazish, energiya resurslarini yetkazib berishdagi texnologik sarf — yo‘qotishlarni qisqartirish, yirik isteʼmolchilarda energiya auditini tashkil etish hamda energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish yuzasidan amaliy ishlarolib borilmoqda.
Shuningdek, ko‘p kvartirali uylarning isitish tizimlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, mahallalar kesimida energiya resurslari isteʼmoli va debitor qarzdorlik holatini tahlil qilish ishlari ham masʼul tashkilotlar tomonidan tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, Davlatobod tumanida Prezidentimiz tomonidan belgilangan topshiriqlarning ijrosini to‘liq taʼminlash, energiya resurslaridan oqilona foydalanish va aholi hamda tadbirkorlik subyektlarini barqaror energiya taʼminoti bilan taʼminlash bo‘yicha ishlar qatʼiy nazorat asosida davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, respublika bo‘ylab tanlab olingan 15 ta hududda elektr va gaz ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida maxsus shtablar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Hududlardagi elektr va gaz ta’minoti holatini chuqur tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni tizimli bartaraf etish orqali iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida respublikamizning 15 ta hududida tashkil etilgan shunday shtablar faoliyatining Namangan viloyati Davlatobod tumaniga “O‘zbekiston MET” AJ boshqaruvi raisi A.A.Nazirov mas’ul hisoblanadi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati