

⚠️ DIQQAT E’LON!!!
Bugun, 10:32 da Chilonzor tumanida joylashgan 110/10 kV kuchlanishli “Bunyodkor” podstansiyasida nosozlik tufayli rele himoyasi ishlashi natijasida avariyaviy o‘chish sodir bo‘ldi.
Natijada ayrim iste’molchilarning elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.
Hozirda mutaxassislar tomonidan nosozlik sabablarini aniqlash va elektr ta’minotini imkon qadar qisqa muddatda tiklash bo‘yicha tezkor avariya-tiklash ishlari olib borilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
⚠️ MA’LUMOT
Avval xabar berganimizdek, bugun soat 10:32 da Chilonzor tumanida joylashgan 110/10 kV kuchlanishli “Bunyodkor” podstansiyasida nosozlik tufayli rele himoyasi tizimining ishlashi natijasida avariyaviy o‘chish sodir bo‘lgan edi.
Hozirda mutaxassislar tomonidan nosozlikni bartaraf etish hamda elektr ta’minotini imkon qadar qisqa muddatda tiklash bo‘yicha avariya-tiklash ishlari jadal olib borilmoqda.
Elektr ta’minoti to‘liq tiklangani haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan yana bir bor uzr so‘raymiz.
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
♦AXBOROT XIZMATI