2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT SHAHRI: 220/110/10 kV kuchlanishli “Ozodlik” podstansiyasida yangi avtotransformatorini ishga tushirish jarayoni amalga oshirildi
  • 20.07.2026
  • 26

⚠️ DIQQAT E’LON!

► Hurmatli iste’molchilar!

Bugun 220/110/10 kV kuchlanishli “Ozodlik” podstansiyasida yangi avtotransformatorini ishga tushirish jarayoni amalga oshirilmoqda.

⚡️ Mazkur jarayon davomida ayrim hududlarda (Olmazor, Chilonzor, Uchtepa va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlarida) elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Mutaxassislar tomonidan barcha ishlar belgilangan texnik talablar asosida olib borilmoqda va elektr ta’minotini imkon qadar tez fursatda me’yoriy holatga qaytarish choralari ko‘riladi.

Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz hamda ko‘rsatgan sabr-toqatingiz va tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Avval xabar berganimizdek yangi transformatorga kuchlanish berildi. Ishlarni to‘liq yakunlash sinov-sozlash ishlarini bajarish uchun podstansiyadan taʼminlangan isteʼmolchilar elektr taʼminoti qisqa muddatga uziladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Energetika obyektidagi yangi avtotransformator ishga qo‘yilib, isteʼmolchilarga kuchlanish berildi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
AXBOROT XIZMATI