

#Tezkor_tadbir
Andijon viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlariga chek qo‘yilldi
Bosh prokuratura shtabi tomonidan Andijon viloyatining Shahrixon tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida "M. A." oilaviy korxonasiga qarashli binoda o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, 546,9 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.
1️⃣ Shuningdek, Andijon shahrida yakka tartibdagi tadbirkor M. B. ga qarashli binoda ham xuddi shunday qoidabuzarlik aniqlandi. Keltirilgan zarar dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 376,6 mln soʻmni tashkil qildi.
Manba: https://t.me/Uzenergoinspeksiya/11257
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati