2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TUN BO‘YI XIZMAT DAVOM ETMOQDA
  • 15.07.2026
  • 10

Avval xabar berganimizdek, 110/10/6 kV kuchlanishli “Vistavochnaya” podstansiyasida modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari belgilangan reja asosida davom etmoqda.

► Ayni vaqtda mutaxassislar tun bo‘yi uzluksiz mehnat qilib, ishlarni sifatli va imkon qadar qisqa muddatda yakunlash uchun xizmat olib bormoqda.

⇒ Amalga oshirilayotgan ushbu ishlar kelgusida elektr ta’minoti ishonchliligi va barqarorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

! Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.

 

«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
AXBOROT XIZMATI