
✅ Jahon banki loyihasi doirasida yer ajratish va aholini ko‘chirish rejasi ishlab chiqildi
⇒ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida elektr energiyasi taʼminoti barqarorligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 29 iyuldagi PQ-4791-sonli qarorlariga asosan “Yangi 500 kV kuchlanishli “Halqa” nimstansiyasi hamda 220 kV va 500 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish” investitsiya loyihasi Jahon banki kredit mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda. Jahon bankining talabiga asosan yer ajratish va aholini ko‘chirish hisoboti ishlab chiqilib, o‘zbek tiliga tarjima qilindi.
► Loyiha to‘g‘risida qisqacha maʼlumot:
Mazkur “Yangi 500 kV kuchlanishli “Halqa” nimstansiyasi hamda 220 kV va 500 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish” investitsiya loyihasi doirasida 220 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmog‘ini qurish belgilanganiligi, Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida 88,5 km uzunlikda bo‘lgan havo elektr uzatish tarmog‘i qurilishi amalga oshirilmoqda.
✍️ Azizbek Botirov, “O‘zbekiston MET” AJ Ekologiya, ijtimoiy va yer munosabatlari masalalari bo‘limi boshlig‘i
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati