2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Hisobotlar
BRIFING: Raqamli boshqaruv tizimlari — ijro.gov.uz, km.ijro.uz va edo.ijro.uz elektron platformalari orqali barcha topshiriqlar ijrosi doimiy monitoring qilib borilmoqda
  • 03.07.2026
  • 88

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Administratsiyasi hamda Hukumat topshiriqlari ijrosini taʼminlash holati to‘g‘risida hisobot (2026-yilning birinchi yarimyilligi).

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Administratsiyasi hamda Hukumat tomonidan belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq ijro etilishini taʼminlash ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Aksiyadorlik jamiyatida ijro intizomini tashkil etish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF–6166-son Farmoni, 2025 yil 25 iyuldagi PF–117-son Farmoni hamda 2021-yil 31-maydagi PQ–5132-son qarori talablari asosida yo‘lga qo‘yilgan.

Bugungi kunda ijro intizomi raqamli boshqaruv tizimlari orqali samarali tashkil etilgan. Xususan, ijro.gov.uz, km.ijro.uz va edo.ijro.uz elektron platformalari orqali barcha topshiriqlar ijrosi doimiy monitoring qilib borilmoqda.

Aksiyadorlik jamiyatida har bir topshiriqning bajarilish holati kunlik, haftalik va oylik kesimlarda tahlil qilinadi. Bu jarayon Boshqaruv raisi va uning o‘rinbosarlari tomonidan shaxsan nazorat qilinadi.

Tahlillarga ko‘ra, 2021–2026-yillar davomida Aksiyadorlik jamiyatida ijro uchun jami 176 ta qonunchilik va tashkiliy hujjat kelib tushgan bo‘lib, ular asosida 682 ta topshiriq belgilangan.

Jumladan:

· 1 ta Qonun;

· 119 ta Prezident farmoni;

· 11 ta Farmoyish;

· 419 ta Qaror;

· 132 ta yig‘ilish bayonlarida belgilangan vazifalar.

 

2026-yil 1-iyul holatiga ko‘ra mazkur topshiriqlarning 440 tasi to‘liq bajarilgan, qolgan 242 ta topshiriq esa belgilangan muddatlar doirasida ijro etilmoqda. Har bir vazifa bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va ijrosi doimiy nazoratda saqlanmoqda.

Joriy yilning yanvar–iyun oylari davomida ijro intizomi nazorati bo‘limi tomonidan har oy uchun alohida "yo‘l xaritalari", shuningdek kunbay kalendar-grafiklar ishlab chiqildi. Ularning ijrosi orqali Prezident, Prezident Administratsiyasi hamda Hukumat topshiriqlarining o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi taʼminlandi.

Shuningdek, Aksiyadorlik jamiyatida ijro.gov.uz tizimi orqali nazoratga olingan topshiriqlar ijrosini muhokama qilish bo‘yicha muntazam yig‘ilishlar o‘tkazish amaliyoti joriy qilingan. Har hafta dushanba kuni Boshqaruv raisi, juma kunlari esa Boshqaruv raisi o‘rinbosarlari rahbarligida masʼul ijrochilarning hisobotlari eshitilib, har bir topshiriqning ijro holati atroflicha tahlil qilinadi.

Masʼul ijrochilar tomonidan bajarilgan ishlar bo‘yicha barcha maʼlumotlar tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga ijro.gov.uz tizimiga o‘z vaqtida kiritilishi qatʼiy nazoratga olingan.

Shu bilan birga, Boshqaruv raisi o‘rinbosarlari, departament, boshqarma va bo‘lim rahbarlari hamda Aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi barcha tizim tashkilotlari rahbarlariga Prezident, Prezident Administratsiyasi va Hukumat hujjatlari ijrosini o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli taʼminlash, shuningdek ijro holati haqidagi maʼlumotlarni elektron tizimga o‘z vaqtida va ishonchli kiritish bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklangan.

Ijro intizomini buzish, topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarmaslik yoki sifatsiz ijro etish holatlariga nisbatan masʼul rahbar va xodimlarga qonunchilikda belgilangan tartibda qatʼiy intizomiy choralar, zarur hollarda esa lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan choralar qo‘llanilishi belgilangan.

Xulosa qilib aytganda, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJda Prezidentimiz va Hukumat tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, ijro intizomini yana-da mustahkamlash hamda raqamli nazorat mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Dilfuza Saidova, Ijro intizomi nazorati bo‘limi boshlig‘i

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati