2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Hisobotlar
AXBOROT XIZMATI: 2026-yil birinchi yarimyillik hisobotlarini e’lon qilish jarayoni davom etmoqda
  • 02.07.2026
  • 87

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati 2026-yil birinchi yarimyillik hisobotlarini (yanvar-iyun) OAV hamda jamoatchilik e’tiboriga taqdim etishni davom ettiradi.

✍️ Hisobot materiallarida Aksiyadorlik jamiyatining faoliyatiga oid, uzbekistonmet.uz rasmiy veb-sayt va uning ijtimoiy tarmoq sahifalariga yuklanib borgan matnli, foto-video va infografikadan iborat mediamahsulotlar o‘rin olgan bo‘lib, ma’lumotnoma-hisobotlarida Axborot xizmati tomonida faoliyatning ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga asoslanib olib borgan ishlari aks etadi.

⚡️ Dastlab, telekanal va radio to‘lqinlari orqali berilgan axborot hamda targ‘ibot materiallari bilan tanishasiz. So‘ng «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining asosiy ish faoliyati — yuqori kuchlanishli podstansiya va magistral elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatish (ekspluatasiya), qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya, ta’mirlash-sozlash va nazorat ko‘riklariga oid yarimyillik axborot taqdim etiladi.

► Shuningdek, hisobot mediamahsulotlari  madaniy-ma’rifiy,  sport-sog‘lomlashtirish,  malaka oshirish,  xotin-qizlar va  yoshlar siyosatiga oid axborot bilan davom etib, Axborot xizmati tomonidan tashkil etilgan ommaviy tadbirlar, matbuot anjumani, taqdimot va brifinglar bilan yakunlanadi.

▶️ Batafsil hisobot-ma’lumotnoma

✍️ Matbuot kotibi ― axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati