
Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Mamadaminov Umid Mahmudovich — O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U.Mamadaminov bunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Egamberdiyev Umarjon Usmonaliyevich — O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U.Egamberdiyev bunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining energetik xavfsizlik bo‘yicha vakili bo‘linmasining yetakchi inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Baxtiyor Rustamovich Mamatkarimovning boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan jamoa bilan xayrlashish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Energetika vazirligi jamoasi tomonidan Baxtiyor Rustamovichning sohada ko‘p yillar davomida samarali mehnat qilgani, o‘z vazifalariga yuksak mas’uliyat bilan yondashgani, fidoyiligi, talabchanligi va kasbiy mahorati alohida e’tirof etildi.
Faoliyati davomida energetika tarmog‘ini rivojlantirish, tizimda olib borilayotgan islohotlarni izchil amalga oshirish hamda soha oldida turgan muhim vazifalarni bajarishga qo‘shgan munosib hissasi uchun unga samimiy minnatdorlik bildirildi.
Jamoa Baxtiyor Rustamovichga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat va yangi mas’uliyatli vazifalarida zafarlar tilaydi.
Manba: https://t.me/minenergy_uz/20220
https://t.me/minenergy_uz/20221
https://t.me/minenergy_uz/20222
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati