

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni talablariga ko‘ra, jismoniy va yuridik shaxslarning sayyor va shaxsiy qabullar, shuningdek, ommaviy qabullar amalga oshirib kelinmoqda. Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi tashkil etilgan bo‘lib, unga 2 nafar mutaxassis jalb qilingan.
Aksiyadorlik jamiyatida fuqarolarni qabul qilish uchun alohida xona ajratilgan va videokamera bilan jihozlangan. Shuningdek, maʼmuriy binoda, hamma kirishi mumkin bo‘lgan joylardagi stendlarda rahbarlarning qabul kunlari haqidagi maʼlumotlar mavjud.
Qabul qilish jadvali va uni o‘tkazish vaqti, joyi ҳамда qabulga oldindan yozilish to‘g‘risidagi axborot (qabul qilish tartibi) Aksiyadorlik jamiyatining rasmiy veb-sayti ҳамда uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida eʼlon qilingan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida namunaviy Nizom” talablariga ko‘ra, Акциядорлик jamiyatimizga murojaat bilan kelgan fuqarolar mutaxassis tomonidan o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatga olinib, rahbariyat tomonidan o‘tkaziladigan shaxsiy qabullarga fuqarolar to‘g‘risidagi maʼlumotlar, ularning murojaatlari mazmuni taqdim etilishi yo‘lga qo‘yilgan.
Shu bilan birga, shaxsiy qabul vaqtida fuqaro tomonidan ko‘tarilgan masalaga oid mutaxassislarni jalb qilish ҳамда qabul jarayoni to‘laqonli o‘tishi uchun jismoniy va yuridik shaxslar bo‘yicha masʼul xodim biriktirilgan bo‘lib, u tomonidan nazorat olib borilmoqda.
2026-yil 15-iyun holatiga qayd etilgan murojaatlar soni 240 ta bo‘lib, ularning 225 tasiga yechim topilgan, shundan 15 ta murojaat tegishli bo‘lmaganligi uchun boshqa tashkilotlarga yo‘naltirilgan va nazoratga olingan.
Jumladan:
1) O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining maxsus sayti orqali yuborilgan 142 ta murojaadan 134 tasiga yechim topilgan, qolgani o‘rganishda va tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yo‘naltirilgan;
2) Ijro intizomi yagona nazorat tizimining “edo-ijro.uz” sayti orqali qayd etilgan 41 ta murojaatdan 39 tasiga yechim topilgan, qolgani o‘rganishda va tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yo‘naltirilgan;
3) Aksiyadorlik jamiyatining rasmiy uzbekiston_met@exat.uz elektron pochtasi orqali 2 ta murojaat qayd etilgan va unga yechim topilgan;
4) Tegishli tartibda qayd etilgan 55 ta yozma murojaatdan 50 tasiga yechim topilgan, qolgani o‘rganishda va tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yo‘naltirilgan;
5) Yagona ishonch telefoni orqali murojaatlar qayd etilmagan, fuqarolarga ularning savollari bo‘yicha tushuntirishlar berilgan;
6) Fuqarolar murojaati bo‘yicha maxsus telefon raqami orqali 1 ta murojaat qayd etilgan, tegishli tartibda yechim topilgan.
7) Rasmiy veb-sayt orqali qayd etilgan 6 ta murojaatga tegishli tartibda javob berilib, shaxsga oid maʼlumotlar bo‘yicha rozilik bergan murojaatchilarning murojaat mazmuni va berilgan rasmiy javob matni veb-sayt sahifalariga yuklangan.
20.01.2026 — RASMIY IZOH: “Aksiyadorlik jamiyati tomonidan 220 kV kuchlanishli L-2-K-1 elektr uzatish tarmog‘i yuzasidan qayd etilgan barcha murojaatlarga tegishli tartibda javob berilgan”
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/8072
02.02.2026 — Murojaatchi: «Lekin menga yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan pul mukofotini berilmagan...»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/8253
05.02.2026 — RASMIY MUNOSABAT: Muhofaza maydonidan foydalanish tartibi haqidagi tushuntirishlar yer maydoniga bo‘lgan huquqini belgilash kuchiga ega emas
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/8226
13.02.2026 — Murojaatchi: «Mo‘ynoq tumani ijtimoiy xizmatlar markazi quyosh paneliga buyurtma bermoqchi…»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/8310
18.02.2026 — Murojaatchi: «Quyosh paneli o‘rnatganmiz. “Elektroset”dan qo‘ng‘iroq qilib, 2-3 kun ichida o‘tishadi xodimlar, deb aytishdi. Lekin hech kim kelmadi...»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/8309
24.03.2026 — Murojaatchi: «Binoni kommunikatsiya tarmoqlariga ulash bosqichi kelgan. Loyihani elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun 9500 kVt∙soat energiya talab qilinadi...»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/8478
Xulosa o‘rnida aytganda, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashga doir amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi, murojaat etuvchilar qonuniy talablarining hal etilishi ҳамда ularning huquq va manfaatlari himoya qilinishi yuzasidan Акциядорлик jamiyati masʼul xodimlari tomonidan samarali faoliyat olib borilmoqda.
Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida tayyorlandi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati