

⚡️ Chilonzor tumanining ayrim hududlarida elektr ta’minotidagi uzilishlar bo‘yicha ma’lumot
⚡️“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”AJ xabariga ko‘ra, bugun soat 04:07 da Toshkent shahridagi “Bunyodkor” podstansiyasida avariya holati yuzaga kelgan.
⚡️ Natijada Chilonzor tumanining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
⇒ Ayni paytda maxsus brigadalar tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Elektr ta’minotini tiklash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda, jumladan, iste’molchilarga zaxira manbalar orqali kuchlanish berish ishlari amalga oshirilmoqda.
Manba: https://t.me/poytaxt_uz/

► HURMATLI TUMANDOSHLAR!
⚡️2026-yil 12-iyun kuni Chilonzor tumanida joylashgan 110/10 kV “Bunyodkor” podstansiyasida avariya holati yuzaga kelgani sababli ayrim hududlarda elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.
Elektr ta’minotidagi uzilish quyidagi mahallalar hududiga ta’sir ko‘rsatgan:
• Katta Chilonzor MFY (qisman)
• Dombirobod MFY
• Naqqoshlik MFY
• Katta Dombirobod MFY
• Navbahor MFY
• Katta Navbahor MFY (qisman)
• Gavhar MFY (qisman)
Mazkur hududlarda jami:
• 10 300 nafar aholi istiqomat qiladi;
• 1 700 ta yakka tartibdagi xonadon;
• 8 600 ta ko‘p qavatli uy xonadonlari;
• 321 ta yuridik iste’molchi;
• 9 ta maktabgacha ta’lim muassasasi;
• 6 ta umumta’lim maktabi joylashgan.
Shuningdek, quyidagi muhim davlat tashkilotlari ham ushbu hududda faoliyat yuritadi:
• Respublika SES binosi;
• Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi .
Hozirda avariya holatini bartaraf etish va elektr ta’minotini imkon qadar qisqa muddatlarda tiklash bo‘yicha tezkor ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va sabr-toqatingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Elektr ta’minoti tiklanishi bilan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Chilonzor tuman elektr ta’minoti korxonasi.
Manba: https://t.me/chilonzor_tuman_hokimligi
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati