2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ENERGETIKADA TARG‘IBOT: «Yoshlar» telekanali, «Rostini ayting» tok-shousi; Mavzu: «YASHIL ENERGETIKA ISTIQBOLLARI»
  • 10.06.2026
  • 338

© «Yoshlar» telekanali, «Rostini ayting» tok-shousi
 

⚡️ Mavzu: «YASHIL ENERGETIKA ISTIQBOLLARI»

► Youtube’da ko‘rish

⚡️ O‘zbekiston 2030-yilga qadar elektr energiyasi ishlab chiqarishda qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 54 foizga yetkazishni maqsad qilgan.

✅ Buning uchun mamlakatda umumiy quvvati 20 GVtdan ortiq bo‘lgan quyosh va shamol elektr stansiyalari hamda energiya saqlash tizimlarini ishga tushirish rejalashtirilgan.

• 2030-yilga kelib mamlakatda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini 120 milliard kVt·soatga yetkazish rejalashtirilgan. Bu aholi va iqtisodiyotning o‘sib borayotgan ehtiyojini to‘liq taʼminlash imkonini beradi.

► Telekanal ijodkorlari o‘tkazgan ijtimoiy so‘rov intervyulari bilan tanishing! 

• Yashil energetika sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar milliardlab dollarlik investitsiyalarni jalb qilish, minglab yangi ish o‘rinlarini yaratish va yuqori texnologiyali sohalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

• Shuningdek, atmosferaga chiqariladigan zararli gazlar hajmi yiliga 8-10 million tonnadan ortiqqa qisqarishi kutilmoqda. Bu mamlakatning xalqaro ekologik majburiyatlarini bajarishiga ham xizmat qiladi.

⇒ Xulosa qilib aytganda, 54 foizlik maqsad energetik xavfsizlikni mustahkamlash, iqtisodiy o‘sishni taʼminlash va mamlakatning yashil iqtisodiyotga o‘tishini jadallashtirish uchun muhim ahamiyatga ega. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati