2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Tenderlar
QIZIQISH BILDIRISH SOʻROVI (KONSALTING XIZMATLARI – FIRMALARNI TANLASH)
  • 05.06.2026
  • 21

MAMLAKAT: Oʻzbekiston Respublikasi
LOYIHA NOMI: “Markaziy Osiyoda elektr energiyasi bozorini rivojlantirish va energiya tizimlari integratsiyasi” (REMIT)
Kredit №: IDA-79550

Topshiriq nomi: REMIT Loyihasini Texnik Nazorat va Amalga Oshirishni Qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Konsalting Xizmatlari
Lot raqami: REMIT/QCBS-1

Oʻzbekiston Respublikasi Jahon banki bilan birgalikda “Markaziy Osiyoda elektr energiyasi bozorini rivojlantirish va energiya tizimlari integratsiyasi” (REMIT) Loyihasini amalga oshirilayotgan boʻlib, 220 kV elektr uzatish tarmoqlarini va mavjud podstansiyalarni kengaytirish bilan bogʼliq loyihalash, yetkazib berish va oʻrnatish ishlari ustidan texnik nazoratni amalga oshirish boʻyicha Konsultant yollash nazarda tutilgan.

Konsalting xizmatlarining (“Xizmatlar”) maqsadi — “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (OʻzMET) ning Loyihalarni amalga oshirish guruhi (LAOG) uchun loyihani boshqarish va qurilish ishlarini nazorat qilish xizmatlarini koʻrsatishdan iborat boʻlib, 220 kV elektr uzatish tarmoqlarini loyihalash, yetkazib berish va oʻrnatish boʻyicha shartnomalar hamda podstansiyalarni kengaytirish ishlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlashga qaratilgan.

Xizmatlar tarkibiga, jumladan, quyidagi vazifalar kiradi:
(i) pudratchilar tomonidan taqdim etilgan batafsil muhandislik hujjatlarini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
(ii) loyihani boshqarish va pudratchilar ishlarining bajarilishi hamda sifatini nazorat qilish;
(iii) zavod sinovlarida ishtirok etish, uskunalarni sinash va ishga tushirish ustidan nazorat qilish;
(iv) shartnoma bajarilishi bo‘yicha hisob-fakturalarni ko‘rib chiqish va to‘lov sertifikatlarini berish;
(v) da’volarni, shartnomadagi oʻzgarishlarni ko‘rib chiqish va zarur hollarda shartnomaga o‘zgartirishlar kiritishga ko‘maklashish;
(vi) pudratchilar tomonidan ekologik va ijtimoiy hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
(vii) ishlarni bajarilish hisobotlarini tayyorlash va Buyurtmachining loyihani boshqarish salohiyatini oshirish;
(viii) loyihani samarali amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan va odatda o‘xshash xususiyat va murakkablikdagi loyihalar doirasida Konsultantdan kutiladigan boshqa tegishli xizmatlarni bajarish.

Topshiriqning taxminiy muddati 24 oyni tashkil etib, bajarilishi 2026-yil avgust oyida boshlanishi kutilmoqda. Batafsil Texnik shartlar (TSh) quyidagi havola orqali yuklab olinishi mumkin:
https://cloud.uzbekistonmet.uz/index.php/s/fjsbJPx4mdswM5c

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (OʻzMET) koʻrsatilgan xizmatlarni taqdim etishga qiziqish bildirish uchun manfaatdor konsalting kompaniyalarini (“Konsultantlar”) taklif etadi. Konsultantlar ushbu topshiriqni bajarish uchun zarur malaka va tegishli tajribaga ega ekanliklarini tasdiqlovchi maʼlumotlarni taqdim etishlari kerak. Xizmatlarni bajarish uchun eng yaxshi kompaniyalarni tanlash Jahon banki xarid qoidalarida belgilangan Sifat va narx asosida tanlash (QCBS) usuli asosida amalga oshiriladi. Ushbu qiziqish bildirish soʻrovidan soʻng taklif taqdim etishga rasmiy ravishda taklif etiladigan Konsultantlarning qisqa roʻyxati shakllantiriladi.

Qisqa roʻyxatga kiritish mezonlari:

  1. Konsultant 220 kV va undan yuqori kuchlanishdagi elektr uzatish sohasida (podstansiyalar, elektr uzatish liniyalari, tarmoq/energiya tizimi va tegishli yoʻnalishlar) kamida oʻn (10) yil davomida loyihalash va qurilish ustidan texnik nazoratni asosiy faoliyat turlari sifatida amalga oshirib kelayotgan konsalting kompaniyasi boʻlishi kerak.
  2. Konsultant so‘nggi o‘n (10) yil davomida kamida ikki (2) ta muvaffaqiyatli yakunlangan yoki deyarli yakunlangan shartnomalar bo‘yicha tajribasini tasdiqlashi lozim. Ushbu talab maqsadlari uchun «deyarli yakunlangan» deganda shartnoma bo‘yicha ishlar hajmining kamida sakson foizi (80%) bajarilganligi tushuniladi. Har bir shartnomaning qiymati kamida bir million AQSh dollarini (1 000 000 AQSh dollari) tashkil etishi hamda quyidagi talablardan kamida bittasiga mos kelishi lozim:

(a) Umumiy uzunligi kamida 135 km bo‘lgan 220 kV havo elektr uzatish liniyasini loyihaviy hujjatlarini ko‘rib chiqish va/yoki qurilishi ustidan texnik nazoratni amalga oshirish; yoki

(b) Kamida to‘rtta (4) yacheykadan iborat, SF6 elegazli o‘chirgichlar, ajratgichlar va o‘lchov transformatorlari bilan jihozlangan, shuningdek IEC 61850 standartiga muvofiq rele himoyasi tizimlari hamda tegishli telekommunikatsiya tizimlarini o‘z ichiga olgan 220 kV podstansiyaning loyihaviy hujjatlarini ko‘rib chiqish va/yoki qurilishi ustidan texnik nazoratni amalga oshirish.

  1. Oxirgi uch (3) yil ichida amalga oshirilayotgan yoki yakunlangan shartnomalar bo‘yicha olingan jami tasdiqlangan to‘lovlar sifatida hisoblangan besh yuz ming AQSH dollari (500 000 AQSH dollari) miqdoridagi minimal o‘rtacha yillik aylanma.
  2. Quyidagi pul oqimi talablarini qondirish uchun har qanday shartnomaviy avans to‘lovlaridan tashqari, likvid aktivlar, yuklanmagan real aktivlar, kredit liniyalari va boshqa moliyaviy resurslarning mavjudligi:
    a. Bir yuz ellik ming AQSh dollari (150 000 AQSh dollari);
    b. Ushbu shartnoma va Konsultantning joriy majburiyatlar boʻyicha umumiy pul oqimi talablari
  3. Konsultant TSh da koʻrsatilgan topshiriqni belgilangan muddatlarda bajarish uchun yetarli miqdordagi malakali asosiy (key) va yordamchi (non-key) xodimlarga ega boʻlishi kerak.
  4. Konsultant samarali boshqaruv tizimi va amaldagi sifatni taʼminlash tizimining mavjudligini namoyish etishi kerak.

Qiziqish bildirgan Konsultantlar Qiziqish bildirishlarni ingliz tilida taqdim etishlari kerak va u quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: (i) kompaniyaning kelib chiqishi, mutaxassislik sohalari va tashkiliy tuzilmasini tavsiflovchi qisqacha kompaniya profili; (ii) so‘nggi o‘n (10) yil ichida bajarilgan shunga o‘xshash topshiriqlar bo‘yicha tegishli tajribaning tavsifi, shu jumladan shartnoma nomi, mijoz, shartnoma qiymati, davomiyligi va xizmatlar hajmi, mijozning tavsiyanomalari yoki shartnoma bajarilganligi to‘g‘risidagi sertifikatlar va tegishli shartnoma imzolangan sahifalarining nusxalari; (iii) oxirgi uch (3) yil uchun minimal o‘rtacha yillik aylanma talabiga muvofiqlikni ko‘rsatuvchi audit xulosasiga ega moliyaviy hisobotlar; va (iv) yuqorida talab qilinganidek, likvid aktivlar yoki kredit liniyalaridan foydalanishni tasdiqlovchi bank yoki moliya muassasasidan tegishli hujjat.

Konsultantlarning eʼtibori Jahon bankining 2025-yil sentyabr nashrida chop etilgan “Investitsion loyihalar uchun qarz oluvchilarning xarid qoidalari” (Procurement Regulations) III boʻlimining 3.14, 3.16 va 3.17-bandlariga qaratiladi, unda Jahon bankining manfaatlar toʻqnashuvi boʻyicha siyosati bayon etilgan. Konsultantlar malakani oshirish maqsadida boshqa kompaniyalar bilan birlasha oladi, bunda birlashuv qoʻshma korxona yoki sub-konsultant shaklida ekanligini koʻrsatishi kerak. Qoʻshma korxona tuzilgan taqdirda, uning barcha ishtirokchilari tanlash amalga oshirilganda shartnoma boʻyicha birgalikda va toʻliq javobgarlik yuklaydi.

Qoʻshimcha maʼlumot elektron pochta orqali olish mumkin: piu.remit@gmail.com

Qiziqish bildirish ingliz tilida elektron shaklda quyida koʻrsatilgan manzilga, 2026-yil 19-iyun, soat 18:00 (Toshkent vaqti) dan kechiktirmay, elektron pochta orqali taqdim etilishi kerak: piu.remit@gmail.com 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati