2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Korrupsiyaga qarshi kurashish
Korrupsiyaviy holatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda
  • 02.06.2026
  • 31

2026- yil 02- iyun kuni “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filialida rahbar va xodimlar ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish, qonunchilikka qat’iy rioya qilish hamda tizimda shaffoflikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

► Tadbir “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Muvofiqlik tizimi komplaens xizmati boshlig‘i Rahmonov Alisher Zokirjonovich ishtirokida tashkil etildi.

✅ Uchrashuv davomida sohada korrupsiyaviy omillarga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarish, maishiy korrupsiya holatlarining oldini olish hamda xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida korrupsiyaning oldini olishda har bir rahbar va xodimning shaxsiy mas’uliyati muhim ekani alohida ta’kidlandi.

​​

“Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali

​⇒ t.me/AndijonMET_Axborot