2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: Iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida muhim qadam
  • 02.06.2026
  • 18

⚡️ “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan 110/35/10 kV kuchlanishli “Kapteks” podstansiyasida keng ko‘lamli texnik ishlar amalga oshirilmoqda.

⚙️ Olib borilgan yangilash va mavjudlarini ta’mirlash ishlar doirasida podstansiyadagi 25000 kVA quvvatli T-2 transformatori o‘rniga zamonaviy va yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan 40000 kVA quvvatli yangi transformator o‘rnatildi.

✅ Ushbu yangilanish natijasida, avvalo, Uychi tumani aholisining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini yanada barqaror va sifatli ta’minlash imkoniyati yaratildi. Shuningdek, hududda istiqomat qiluvchi 24 774 nafar aholi hamda 1 753 ta ulgurji iste’molchilarning elektr ta’minoti ishonchliligi sezilarli darajada oshirildi.

⇒ Bir so‘z bilan aytganda, Namangan viyotatida iste’molchilar hamda iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida muhim qadam qo‘yildi.

► Youtube’da ko‘rish 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali kanaliga obuna bo‘ling! 

https://t.me/NamanganMET_Axborot