

✔️ Elektr qurilmalariga navbatma-navbat kuchlanish berilmoqda
110/10/6 kV kuchlanishli "Vistovochnaya" podstansiyasidagi T-2 transformatoriga kuchlanish berildi.
Endi 6 va 10 kV kuchlanishli taqsimlovchi qurilmalarga navbatma-navbat kuchlanish berilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.
✅ Elektr ta’minoti to‘liq tiklandi
110/10/6 kV kuchlanishli “Vistovochnaya” podstansiyasida yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish bo‘yicha olib borilgan tezkor ta’mirlash-tiklash ishlari yakunlandi.
► 2026-yil 2-iyun kuni soat 01:00 dan boshlab podstansiya qurilmalariga bosqichma-bosqich kuchlanish berish ishlari boshlandi. Ayni vaqtda iste’molchilarning elektr ta’minoti to‘liq tiklandi va tarmoqlar me’yoriy ish rejimiga qaytarildi.
Elektr ta’minotidagi vaqtinchalik uzilishlar sabab yuzaga kelgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati