

“Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialida xotin-qizlar o‘rtasida sportni keng targ‘ib qilish, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash hamda jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida voleybol musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqada filialning turli bo‘lim va xizmatlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlardan iborat jamoalar o‘zaro bellashib, qiziqarli va murosasiz uchrashuvlar o‘tkazdi. Bellashuvlar davomida ishtirokchilarning chaqqonligi, jamoaviy uyg‘unligi hamda sportga bo‘lgan qiziqishi yaqqol namoyon bo‘ldi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar aniqlandi hamda faol ishtirokchilar munosib taqdirlandi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI