

⚡️ Sirdaryo viloyati hududida kuzatilgan noqulay ob-havo sharoiti, jumladan kuchli shamol va yomg‘ir natijasida ayrim elektr uzatish tarmoqlarida nosozliklar yuzaga kelgan edi.
Shuningdek, elektr uzatish tarmoqlariga boshqa tashqi ta’sirlar oqibatida ham qisqa muddatli uzilishlar kuzatilgan.
⚙️ Jumladan, “Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufida bo‘lgan Sirdaryo tumanida joylashgan 220/110/10 kV kuchlanishli “Feruz” podstantsiyasidan chiquvchi 110 kV kuchlanishli L-Oqoltin–Temiryo‘lchi hamda “GES-20” podstantsiyasidan chiquvchi 220 kV kuchlanishli L-Zafarobod-1 elektr uzatish liniyalarida nosozliklar aniqlangan.
Hozirgi vaqtda filial mutaxassislari tomonidan yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etilib, iste’molchilarning barqaror elektr ta’minotini tiklash ishlari tezkor tarzda amalga oshirildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ "SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI
kanaliga obuna bo‘ling!