

" Andijon magistral elektr tarmoqlari" filiali direktori B.T.Obidov yosh xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbir davomida yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni kasbga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda korxonadagi faol ishtirokini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
► Uchrashuvda filial direktori tomonidan elektr energetikasi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, yangi loyihalar va zamonaviy texnologiyalar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, yoshlarga mehnat intizomi, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish va jamoada hamjihatlikda ishlashning ahamiyati tushuntirildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali