2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SAMARQAND VILOYATI: Podstansiyalarda reja asosidagi texnik ishlar amalga oshirilmoqda
  • 15.05.2026
  • 20

♦ 110/10 kV kuchlanishli “Jomboy” podstansiyasida V-Yoshlik fiderida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, releli himoya qurilmalarining ishlash holati tekshirildi.

 110/10 kV kuchlanishli “MJO” podstansiyasida V-Barot fiderida aniqlangan texnik nosozlik bartaraf etildi hamda uskunalarning barqaror ishlashi ta’minlandi.

 110/35/10 kV kuchlanishli “Darg‘om” podstansiyasida T-2 transformatorida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Jarayon davomida transformatorning asosiy texnik qismlari ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur ta’mirlash va tiklash ishlari bajarilmoqda.

⚡️ Barcha texnik tadbirlar mutaxassislar tomonidan belgilangan tartib asosida hamda xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirilmoqda. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI 

https://t.me/SamarqandMET_Axborot