2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
"Osiyo taraqqiyot banki", " Iqtisodiyot va moliya vazirligi" hamda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ o'rtasida memorandum imzolandi
  • 12.05.2026
  • 20

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan "Osiyo taraqqiyot banki"(OTB)ning yillik yig‘ilishi doirasida OTB, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda “O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Elektr energiyasini taqsimlash tizimlarini modernizatsiya qilish dasturi doirasida natijalarga yo‘naltirilgan kreditlash (Results‑Based Lending, RBL) mexanizmi asosida o‘tkazilgan baholash (fact‑finding) missiyasi yakunlari bo‘yicha Memorandumni imzoladilar. Ushbu imzolash dastur tayyorlash jarayonidagi muhim bosqich bo‘lib, uning elektr taqsimlash sektorida samaradorlik, ishonchlilik va boshqaruv sifatini yaxshilashdagi roliga doir umumiy tushunchani aks ettiradi.

Hujjatga Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov, "O‘zbekiston MET" boshqaruvi raisi o‘rinbosari Feruz Qurbonov hamda OTB nomidan Energetika bo‘yicha katta mutaxassis Alfredo Baño Leal tomonidan imzo qo'yildi. Dastur O‘zbekiston uchun OTBning flagman RBL operatsiyasi bo‘lib, Markaziy Osiyoda Jahon banki bilan To‘liq o‘zaro ishonch mexanizmi (Full Mutual Reliance Framework) doirasidagi ilk qo‘shma moliyalashtirish tashabbusi hisoblanadi.

‖ Facebook ‖ Инстаграм ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati