

2026- yil 7- may kuni “Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filialida rahbar va xodimlar ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish, qonunchilikka qat’iy rioya qilish hamda tizimda shaffoflikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
► Tadbir “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Yuridik boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Axmedov hamda Muvofiqlik tizimi komplaens xizmati bosh mutaxassisi Zokir Xakimov ishtirokida tashkil etildi.
⇒ Uchrashuv davomida sohada korrupsiyaviy omillarga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarish, maishiy korrupsiya holatlarining oldini olish hamda xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi.
✅ Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1050-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalari” mazmun-mohiyati yuzasidan ham tushuntirishlar berildi.
⇒ Tadbir yakunida korrupsiyaning oldini olishda har bir rahbar va xodimning shaxsiy mas’uliyati muhim ekani alohida ta’kidlandi.
‖ Facebook ‖ Инстаграм ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati