2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SIRDARYO VILOYATI: 220/110/10 kV kuchlanishli "Feruz" podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi
  • 15.04.2026
  • 14

"Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali tomonidan elektr tarmoqlarining ishonchli ishlashini ta’minlash maqsadida reja asosidagi texnik xizmat ko‘rsatish ishlari davom ettirilmoqda.

⚙️ Shu doirada 220/110/10 kV kuchlanishli "Feruz" podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari olib borildi. Ta’mirlash jarayonida ushbu podstansiyadan chiquvchi 110 kV kuchlanishli "L-Feruz" havo elektr uzatish liniyasining o'chirgichi (В-Л-Феруз 110 кВ) to‘liq ko‘zdan kechirildi.

⚙️ Mutaxassislar tomonidan ajratkichning mexanik va elektr qismlari tekshirilib, zarur sozlash ishlari bajarildi.

⚡️ Ushbu ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — tarmoqlarda avariyaviy uzilishlar oldini olish va iste’molchilarga barqaror energiya yetkazib berishni ta’minlashdir.

⇒ Ishlar elektr xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirildi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ "SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI

kanaliga obuna bo‘ling! 

https://t.me/SirdaryoMET_Axborot