

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tarkibidagi “ENERGO-IT” filiali kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan xodimlar uchun poytaxtimizning eng mahobatli maskanlaridan biri — O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyiga ekskursiya tashkil etildi. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi 2026-yilning dunyodagi eng go‘zal muzeylari ro‘yxatiga kiritildi. Bunday xalqaro eʼtirof O‘zbekistonning jahon madaniy xaritasidagi o‘rni izchil mustahkamlanayotganini yaqqol namoyon etadi.
Ushbu tashrif xodimlarimiz uchun nafaqat madaniy hordiq, balki boy tariximiz va ajdodlarimiz merosi bilan yaqindan tanishish imkoniyatini berdi.
Ekskursiya davomida xodimlar Muzey fondidan joy olgan qadimiy qo‘lyozmalar, Islom olami va ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk allomalarimizning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ekspozitsiyalar bilan tanishdilar.
Markaz binosining noyob meʼmoriy yechimlari, milliy naqshinkorlik sanʼatini, markazning ichki muhiti va mahobatidan katta taassurot olishdi.
Bu kabi madaniy tadbirlar xodimlarning dunyoqarashini kengaytirish, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatni oshirish va jamoa ichida do‘stona muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.
“Energo-IT” filiali Kasaba uyushmasi