2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SAMARQAND VILOYATI: Navbatdan tashqari texnik o‘qishlar o‘tkazildi
  • 10.04.2026
  • 30

2026-yil 27-mart kuni “O‘zbekiston MET” AJda o‘tkazilgan AN-25-sonli videoselektorda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida "Samarqand MET" filialida navbatdan tashqari texnik o‘qitishlar tashkil etildi.

⚡️ Mashg‘ulot davomida, xodimlarga ish jarayonida uchraydigan texnik holatlar va ularni oldini olish hamda bartaraf etish bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi.

⚡️ Shuningdek, elektr qurilmalaridan foydalanishda belgilangan tartib-qoidalar, ish samaradorligini oshirish hamda tizim barqarorligini ta’minlashga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.

⚠️ Alohida e’tibor xavfsizlik texnikasi qoidalariga qaratilib, ularni amaliyotda to‘g‘ri qo‘llash yuzasidan tavsiyalar berildi.

 ⇒ "Texnik o'qish kuni" xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, topshiriqlar ijrosini sifatli ta’minlashga xizmat qiladi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI 

https://t.me/SamarqandMET_Axborot