

"Andijon magistral elektr tarmoqlari" filialiga qarashli 220/110/10 kV kuchlanishli "Yulduz" podstansiyasidagi quvvati 250 MVA avtotransformatorida texnik xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi.
⚡️ Olib borilgan ishlar quyidagilardan iborat:
♦ Kuch transformatori (AT-1-250 MVA) texnik tekshiruvdan o‘tkazildi;
♦ Kuch transformatori va transformatorning kiritkichlari (ввод) laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazildi;
♦ Kuch transformatorining releli himoya va avtomatika tizimi tekshirildi;
♦ Shinalar tizimidagi izolyatorlar tozalandi;
♦ 10 kV kuchlanishli komplekt taqsimlash qurilmasida ta’mirlash ishlari olib borildi.
⚡️ Ushbu chora-tadbirlar elektr energiyasining uzluksiz va xavfsiz uzatilishini ta’minlashga xizmat qiladi hamda iste’molchilarga sifatli elektr ta’minotini yetkazib berish imkonini oshiradi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali
http://t.me/AndijonMET_Axborot