

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvida haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilab berildi. Shu munosabat bilan «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori Kamilov Sherzod Shokirjonovich 220 kV kuchlanishli “Farg‘ona” podstansiyasi yosh xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuvda Filial direktori, podstansiya boshlig‘i hamda yoshlar yetakchisi tomonidan Prezidentimizning yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari, ta’lim, bandlik, innovatsion loyihalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha yaratilayotgan shart-sharoitlar, tashkilotimizning oldiga qo‘ygan reja va maqsadlari haqida atroflicha tushuntirish berildi.
⚡️ Yig‘ilish davomida podstansiya yoshlari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, taklif va tashabbuslarini bildirdilar. Shuningdek, Filial rahbari yoshlarda tashkilotimiz rivoji uchun takliflari, innovatsion loyihalari yoki ish bilan bog‘liq kamchiliklar yuzasidan doimiy murojaat qilishlari mumkunligi haqida ta’kidlandi. Ochiq muloqot davra suhbati shaklida o’tkazilib, yoshlarni yanada faol, tashabbuskor va mas’uliyatli bo‘lishga undadi.
✔️ "Rahbar va yoshlar" turkumidagi uchrashuvlar turli ijtimoiy muammolarga tez va o‘z vaqtida yechim topish imkonini bermoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «FARG’ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI kanaliga obuna bo’ling