

Barchangizga yangilanish bayrami — Navro‘zi olam muborak bo‘lsin!
✅ Tun bilan kun tenglashadigan sharqona yangi yil — Navro‘z ayyomi munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni, energetika sohasi vakillarini, xususan Aksiyadorlik jamiyatimizning ishchi-xodimlarini samimiy muborakbod etaman!
Qadrli do‘stlar!
Shu kunlarda yurtimizning barcha go‘shalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli obodonchilik, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini ko‘rib ko‘z quvonadi.
Aziz hamkasblar!
Aksiyadorlik jamiyatimizning ahil jamoasi bahor ayyomi — Navro‘zi olamni yorug‘ yuz, ko‘tarinki kayfiyat bilan kutib olmoqda.
⚡️ Aksiyadorlik jamiyatimiz 2026-yilgi rejalarni sharaf bilan bajarish uchun tun-u kun mehnatda.
Yana bir bor barchangizni Navro‘z — umumxalq bayrami bilan qutlayman. Bahor bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz hamkasblar!
Hurmat bilan,
Abdumalik Nazirov
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati