

⚙️ "Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari" filialiga qarashli 35/10 kV kuchlanishli "Kegeyli" podstansiyasida elektr uskunalarining ishlash holatini yaxshilash maqsadida texnik xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi.
Olib borilgan ishlar quyidagilardan iborat:
► Kuch transformatori (T-2-35 kV) texnik tekshiruvdan o‘tkazildi;
► Kuch transformatorining kiritkichlaridagi (ввод) moy sizib chiqishi nuqsonlari bartaraf etildi;
► Kuch transformatorining moy sathi meyyoriga keltirildi;
► Shinlar seksiyasidagi izolyatorlar tozalandi;
► 10 kV kuchlanishli komplekt taqsimlash qurilmasida ta’mirlash ishlari olib borildi.
⇒ Ushbu texnik profilaktika ishlari generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror yetkazish uchun xizmat qiladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «QORAQALPOG‘ISTON MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’ling!