2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: “Sardor” podstansiyasida muhim texnik ta’mirlash ishlari amalga oshirildi
  • 16.03.2026
  • 29

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan elektr tarmoqlarining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida hududlardagi podstansiyalarda muntazam texnik xizmat ko‘rsatish  ishlari olib borilmoqda.

⚙️ 220/110/10 kV kuchlanishli “Sardor” podstansiyasida ham quvvati 250 MVA bo‘lgan avtotransformatorda aniqlangan texnik nosozlikni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi. Mutaxassislar tomonidan 10 kV chiqish qismidagi qurilmasida yuzaga kelgan moy sizib chiqish holati to‘liq o‘rganilib, maxsus ta’mirlash ishlari bajarildi.

⚙️ Ta’mirlash jarayonida nosoz bo‘lgan elementlar tekshirilib,  texnik sozlash ishlari amalga oshirildi, natijada moy sizishi to‘liq bartaraf etildi hamda avtotransformatorning ishonchli ishlashi ta’minlandi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali kanaliga obuna bo‘ling! 

https://t.me/NamanganMET_Axborot