

“Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 500/220/10 kV kuchlanishli “So‘g‘diyona” podstansiyasi hududida zilzila sodir bo‘lgan holatda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish bo‘yicha taktik-o‘quv mashg‘ulotlar tashkil etildi. Shartli ravishda zilzila oqibatida jarohatlangan xodimlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatish jarayoni amaliy tarzda bajarildi. Tibbiyot xodimlari tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda jarohatlanganlarni xavfsiz hududga olib chiqish ishlari ko‘rsatib berildi.
Mashg‘ulotning ikkinchi bosqichida zilzila oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘in holatini bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarildi.
Shuningdek, podstansiya hududiga kirib kelgan begona shaxsni aniqlash va ushlash bo‘yicha ham amaliy mashqlar o‘tkazildi. Mazkur jarayon davomida xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilgan holda tezkor harakat qilish ko‘nikmalari mustahkamlandi.
Mashg‘ulotning yakuniy bosqichida "O'zbekison MET" AJ boshqaruvi raisining videoselektordagi topshiriqnomasiga asosan avariyaga qarshi mashg‘ulot yuzasidan texnik nosozliklarni bartaraf etish va podstansiyani yana ish holatiga keltirish bo‘yicha amaliy ishlar bajarildi.
Mutaxassislar tomonidan elektr uskunalarini tekshirish, zarur ta’mirlash ishlari hamda xodimlarga favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Bunday o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar xodimlarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oshirish hamda energetika obyektlarining xavfsiz va barqaror ishlashini ta’minlashga xizmat qiladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI